2018-yil fevral — hozirgacha
faolATSEP muhandisi — HHB avtomatlashtirilgan tizimi smena muhandisi
«Oʻzaeronavigatsiya markazi» MChJHHB AT Samarqand markazi
Shu korxonadagi ish yoʻlim: aloqa muhandisi (2018) › smenali aloqa muhandisi (2019) › HHB avtomatlashtirilgan tizimi smena muhandisi (2021).
- HHB avtomatlashtirilgan tizimiga (parvoz va kuzatuv maʼlumotlarini qayta ishlash, dispetcherlarning avtomatlashtirilgan ish joylari) smenada texnik xizmat koʻrsataman; parvozlar xavfsizligi uchun muhim boʻlgan tizimlarning uzluksiz ishlashiga javob beraman.
- Dispetcherlarning ovozli aloqa tizimiga («havo–yer» va «yer–yer» aloqasi, SIP/VoIP, E1 oqimlari, multipleksorlar) xizmat koʻrsataman, navigatsiya vositalari (ILS, VOR/DME) va ularning aloqa kanallari ishini nazorat qilaman.
- RHEL serverlari, RAID massivlari va ichki tarmoqni boshqaraman: kommutatsiya, marshrutlash, tarmoqlararo ekranlar (firewall), VPN.
- Monitoring va hujjatlashtirish vositalarini joriy etdim: Zabbix (oʻzim yozgan skriptlar bilan), NetBox/IPAM, Oxidized yordamida konfiguratsiyalarni zaxiralash, BookStack bilimlar bazasi. Nosozliklarning asl sababini aniqlab, bartaraf etaman.



